O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi sentyabr oyida 5 mlrd 546 mln dollarga kamayib, 1-oktyabr holatiga 66,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Manba: Markaziy bank
Sentyabr oyida zaxiralar hajmining pasayishiga oltin narxining tushishi asosiy omil bo‘lgan.
Xususan, oy davomida bir troy unsiya oltin narxi 4602 dollardan 4189 dollarga, ya’ni 9 foizga pasaygan. Buning zaxiralarga salbiy ta’siri 5,9 mlrd dollarni tashkil etgan.
Biroq sentyabr oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi 7,33 tonnaga ko‘payib, 446,16 tonnaga yetgan. Bu mamlakat oltin zaxirasining fizik hajmi bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa sentyabr oyida 703 mln dollarga kamayib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra 5 mlrd 933 mln dollarni tashkil etgan.
Shundan 1 mlrd 692 mln dollari qimmatli qog‘ozlar, 4 mlrd 241 mln dollari esa naqd valyuta va depozitlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
1-oktyabr holatiga rasmiy zaxira aktivlarining asosiy qismini oltin tashkil etmoqda. Uning qiymati 60 mlrd 85 mln dollar bo‘lib, jami zaxiralarning qariyb 90 foiziga teng.
