O‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘yganlar soni 3 millionga yaqinlashdi

20.10.2026 18:24
O'zbekchaРусский
1-oktyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda 2 mln 841 mingdan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘ygan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 19 barobarga, yil boshidagi ko‘rsatkichdan esa 6,5 barobarga ko‘pdir.
O‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘yganlar soni 3 millionga yaqinlashdi

Foto: iStock.com

Kredit axborot tahliliy markazi (KATM) Kreditga taqiq xizmatiga ulangan jismoniy shaxslar bo‘yicha statistik ma’lumot taqdim etdi.

1-oktyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda 2 mln 841 mingdan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘ygan.

Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 19 barobarga, yil boshidagi ko‘rsatkichdan esa 6,5 barobarga ko‘pdir.

Xizmatdan foydalanganlarning 58 foizi erkaklar, qolgani esa ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Infografika: KATM

Yosh kesimida esa 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar xizmatdan eng ko‘p (jamining 30 foizi) foydalangan.

Eng kam foydalanganlar esa 56 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar bo‘lib, ularning jami ko‘rsatkichdagi ulushi 9 foizni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, kredit olishga taqiq qo‘yish xizmati 2025-yilning iyun oyida fuqarolarni ularning nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishi va firibgarlik holatlaridan himoya qilish maqsadida joriy etilgan.

Ushbu xizmatni KATM ilovasi va sayti hamda my.gov.uz orqali onlayn tarzda, shuningdek, barcha davlat xizmatlari markazlari orqali ham faollashtirish va o‘chirish mumkin.

#katm#kreditga_taqiq

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan