O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashiga yangi rais saylandi

21.10.2026 16:43
O'zbekchaРусский
Moldovalik mutaxassis Serjiu Choklya O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashining raisi etib saylandi. Ungacha 2024-yildan buyon moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Odilbek Isoqov kengashga raislik qilib kelayotgandi.
O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashiga yangi rais saylandi

Foto: Serjiu Choklya

Moldovalik mutaxassis Serjiu Choklya O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashining raisi etib saylandi.

Tegishli qaror 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bank kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Ungacha 2024-yildan buyon Odilbek Isoqov kengashga raislik qilib kelayotgandi. Uning vakolatlari 5-oktyabrdan boshlab tugatilgan.

Odilbek Isakov / Foto: Markaziy bank

Ma’lumot uchun, Isakov Odilbek Rustamovich 2019-yildan 2023-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Serjiu Choklya haqida

Serjiu Choklya bank tizimida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, 1974-yilda Moldova poytaxti Kishinyovda tug‘ilgan.

2016-yil martidan 2018-yil noyabrigacha Moldova Respublikasi Markaziy banki raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2008-yil yanvaridan 2015-yil mayigacha esa BNP Paribas guruhining Rossiyadagi korporativ moliya departamenti rahbari va boshqaruvchi direktori bo‘lib ishlagan.

Bungacha ushbu bankning Fransiya va Buyuk Britaniyadagi bo‘linmalarida mehnat qilgan. 2021–2025-yillarda mustaqil moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan.

Panteon-Assas universitetida (Fransiya) iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (DEA) diplomlarini olgan.

#sqb#serjiu_choklya#odilbek_isoqov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan