Bank hisobvarag‘ini xorijga chiqish pasporti orqali ham ochish imkoniyati yaratildi

22.10.2026 16:28
O'zbekchaРусский
Markaziy bank bank hisobvaraqlarini ochish tartibiga o‘zgartirish kiritdi. Endilikda hisobvaraq ochishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xorijga chiqish pasportidan ham foydalanish mumkin.
Bank hisobvarag‘ini xorijga chiqish pasporti orqali ham ochish imkoniyati yaratildi

Foto: uznews.uz

Markaziy bank bank hisobvaraqlarini ochish tartibiga o‘zgartirish kiritdi.

Endilikda hisobvaraq ochishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida xorijga chiqish biometrik pasportidan ham foydalanish mumkin.

Tegishli o‘zgartirish Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 20-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlandi.

Shu tariqa bank hisobvarag‘ini haydovchilik guvohnomasi bilan bir qatorda xorijga chiqish pasporti orqali ham ochish imkoniyati yaratildi.

Ushbu o‘zgartirish hisobvaraq ochish tartibiga oid bir qator bandlarni, xususan, yuridik hamda jismoniy shaxslarning ayrim hisobvaraqlarini ochish qoidalarini qamrab oladi.

Qaror 2026-yil 21-oktyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

#hisobvaraq#zagran_pasport

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan