Endilikda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalar uchun maxsus bank hisobvarag‘i ochiladi

23.10.2026 12:03
O'zbekchaРусский
Markaziy bank to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bilan ishlash tartibini o‘zgartirdi. Endilikda bunday korxonalarning asosiy hisobvaraqlaridagi pullar maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.
Endilikda to‘lovga qobiliyatsiz korxonalar uchun maxsus bank hisobvarag‘i ochiladi

Foto: Katemangostar

To‘lovga qobiliyatsiz korxonalarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bilan ishlash tartibiga o‘zgartish kiritildi.

Endilikda bunday korxonalarning asosiy hisobvaraqlaridagi pullar maxsus hisobvaraqlarga o‘tkaziladi.

Tegishli o‘zgartirish Markaziy bank boshqaruvining 16-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Yangi tartib korxonaga nisbatan qarzlarini to‘lashga qodir emasligi bilan bog‘liq qonuniy jarayonlar boshlanganda qo‘llaniladi.

Bunda bank tegishli hujjatlar asosida maxsus hisobvaraq ochadi. Shundan so‘ng korxonaning asosiy va mavjud bo‘lsa, ikkilamchi hisobvaraqlaridan pul o‘tkazish to‘xtatiladi.

Ulardagi qoldiq mablag‘lar va keyinchalik kelib tushadigan pullar keyingi ish kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

Avvalgi hisobvaraqlarga yuborilgan to‘lov hujjatlari, jumladan, qarzlarni undirish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari hamda mablag‘larni xatlash to‘g‘risidagi qarorlar ijrosiz qaytariladi.

Maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan foydalanish korxonaga nisbatan joriy etilgan jarayonga bog‘liq.

Sanatsiya jarayonida to‘lovlar korxonaning, tashqi boshqaruv va tugatish jarayonlarida esa sud boshqaruvchisining topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.

#sanatsiya#hisobvaraq

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan