Alif Tech aksiyadorlik jamiyati (Alif kompaniyasi) 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, ushbu davrda kompaniyaning sof tushumi 105 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31 mlrd so‘mga yoki 23 foizga kamayib ketgan.
Biroq, shunga qaramay, xarajatlarni qisqartirish hisobiga sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 286 mln so‘mga ko‘payib, 22 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Xarajatlarga kelsak, ushbu davrda kompaniyaning sotish hamda ma’muriy xarajatlari deyarli ikki barobarga oshib, mos ravishda 31 mlrd so‘m va 22 mlrd so‘mga yetgan.
Boshqa operatsion xarajatlari esa uch barobardan ko‘proqqa kamaygan. Ushbu xarajatlar o‘tgan yilning dastlabki to‘qqiz oyida 87 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy davrda 27 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.
Hisobotda keltirilishicha, kompaniya o‘tgan yilning mos davri uchun foyda solig‘i to‘lamagan. Joriy davr uchun esa 2,86 mlrd so‘m foyda solig‘i to‘lagani ko‘rsatilgan.
