1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank

23.10.2026 20:07
O'zbekchaРусский
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Markaziy bank o‘z sahifalarida bunga rasmiy izoh berib, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 1 mln so‘mlik banknota muomalaga chiqarilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Markaziy bank o‘z sahifalarida bunga rasmiy izoh berib, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Mazkur ma’lumot asossiz bo‘lib, yolg‘on va feyk ekanligini ma’lum qilamiz. U haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — deyiladi regulyator izohida.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Markaziy bank mamlakat hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.

Yangi namunadagi banknotalarni muomalaga chiqarish va ularning tavsiflari haqidagi ma’lumotlar ham aynan Markaziy bank tomonidan rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi marta 2022-yil iyul oyida 200 ming so‘mlik banknotalar muomalaga chiqarilgan edi.

#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan