27-oktyabr kuni O‘zbekiston banklari chiqargan kartalarni Apple Wallet va Google Wallet elektron hamyonlariga qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Spot nashrining o‘rganishicha, Google Wallet ilovasiga hozircha quyidagi to‘qqizta bankning Visa va Mastercard kartalarini qo‘shsa bo‘ladi:
- AVO Bank
- Octobank
- Uzum Bank
- TBC Bank
- AloqaBank
- Kapitalbank
- Ipak Yuli bank
- O‘zmilliybank
- Orient Finans Bank
Apple Wallet ilovasiga esa quyidagi sakkizta bankning Visa va Mactercad kartalarini qo‘shish mumkin bo‘lib turibdi.
- Uzum Bank
- Orient Finans Bank
- O‘zmilliybank
- Kapitalbank
- Hamkorbank
- Ipak Yuli bank
- TBC Bank
- Octobank
Boshqa banklarda ham xizmatlar tez orada ishga tushirilishi kutilmoqda. Biroq hozircha Humo hamda Uzcard to‘lov tizimlari kartalarini qo‘shishning imkoni bo‘lmadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda ham Google Pay va Apple Pay orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun avvalo bank kartasini ilovaga qo‘shish kerak. Kontaktsiz to‘lovlar uchun esa smartfonda NFC texnologiyasi bo‘lishi lozim.
