Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida Uklon taksi agregatori ustun mavqega ega raqamli platforma deb e’tirof etildi.
Mazkur maqom kompaniyaning yo‘lovchi tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi agregatorlik xizmatlari faoliyatiga taalluqlidir.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, kompaniyada monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilib, uning faoliyati monitoring qilib boriladi.
Bu ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Shu tariqa, O‘zbekistonda raqamli platforma operatori sifatida ustun mavqega ega bo‘lgan platformalar soni to‘qqiztaga yetdi.

Manba: Raqobat qo‘mitasi
Uklon kompaniyasining raqobatchisi hisoblangan Yandex platformasiga ushbu maqom 2024-yilda berilgan edi.
