O‘zbekinvest kompaniyasi SNS Ratings agentligining eng yuqori reytingini saqlab qoldi

29.10.2026 16:14
O'zbekchaРусский
2026-yil 21-oktyabr kuni SNS Ratings reyting agentligi O‘zbekinvest sug‘urta kompaniyasining to‘lov qobiliyati va ishonchliligi bo‘yicha eng yuqori "AAA" reytingini "barqaror" prognozi bilan tasdiqlaganini e’lon qildi.
O‘zbekinvest kompaniyasi SNS Ratings agentligining eng yuqori reytingini saqlab qoldi

Foto: SNS Ratings

SNS Ratings reyting agentligi kompaniyalar va qarz vositalarining moliyaviy barqarorligini baholashga ixtisoslashgan bo‘lib, moliya tashkilotlari, holding kompaniyalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarga reytinglar beradi.

"O‘zbekinvest" kompaniyasiga berilgan "AAA" reytingi milliy reyting shkalasi bo‘yicha eng yuqori daraja hisoblanadi. Mazkur reyting tashkilotning moliyaviy majburiyatlarini, jumladan, sug‘urta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati yuqoriligini anglatadi.

Reyting agentligi kompaniyaning reyting darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan quyidagi asosiy omillarni qayd etdi:

· kuchli institutsional qo‘llab-quvvatlash;

· kapitallashuv darajasining yuqoriligi va faoliyat ko‘lamining kengligi;

· kompaniya faoliyatining yuqori darajadagi shaffofligi;

· anderrayting faoliyati bo‘yicha zararlilik darajasining pasayishi.

Agentlik "O‘zbekinvest"ning yuqori likvidlik va kapitallashuv darajasini saqlab qolishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, asosan korporativ segmentda sug‘urta mukofotlari hajmining izchil o‘sishi hamda sof operatsion rentabellikning yanada oshishi kutilmoqda.

So‘nggi besh yil davomida "O‘zbekinvest" kompaniyasi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sishga erishildi:

· yalpi sug‘urta mukofotlari hajmi 4,2 barobarga, ya’ni 385,0 mlrd so‘mdan 1,6 trln so‘mga oshdi;

· xorijiy sug‘urta bozorlarida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari (sug‘urta xizmatlari eksporti) 4,3 barobarga, ya’ni 15,0 mln AQSH dollaridan 65,0 mln AQSh dollariga oshdi;

· hamkor mamlakatlar soni 65 tadan 135 taga ko‘paydi;

· milliy eksportchilarga taqdim etilgan sug‘urta qoplamasi 1,9 barobarga, ya’ni 1,8 mlrd AQSh dollaridan 3,3 mlrd AQSh dollariga oshdi;

· investitsiya loyihalarini sug‘urtalash bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 2,5 barobarga, ya’ni 32,0 mlrd so‘mdan 80,0 mlrd so‘mga yetdi;

· kompaniyaning jami aktivlari 2,2 barobardan ziyod, ya’ni 1,1 trln so‘mdan 2,5 trln so‘mga oshdi;

· investitsiyalar hajmi 1,5 barobardan ziyod, ya’ni 967 mlrd so‘mdan 1,5 trln so‘mga yetdi;

· kompaniyaning sof foydasi 11 barobarga, ya’ni 5,0 mlrd so‘mdan 55,0 mlrd so‘mga oshdi;

· jismoniy va yuridik shaxslardan iborat mijozlar soni 755 mingdan 1,2 millionga yetdi.

Shu bilan birga, 2026-yil may oyida xalqaro AM Best reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini "B" va emitentning uzoq muddatli kredit reytingini "bb" darajasida "barqaror" prognozi bilan tasdiqladi.

2026-yil iyul oyida Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest"ning moliyaviy barqarorlik reytingini "Ba1" darajasiga oshirdi va "barqaror" prognozini tasdiqladi. Bu O‘zbekiston moliya tashkilotlari orasidagi eng yuqori reyting ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

SNS Ratings agentligi tomonidan eng yuqori milliy reytingning tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro reyting agentliklarining ijobiy baholari "O‘zbekinvest" kompaniyasining moliyaviy barqarorligi hamda sug‘urta qildiruvchilar va hamkorlar oldidagi majburiyatlarini bajarish salohiyati yuqoriligini ko‘rsatadi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Hamkorlik asosida

#o'zbekinvest#reyting

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan