Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqdi

30.10.2026 11:33
O'zbekchaРусский
ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov 2-oktyabr kuni bergan arizasiga ko‘ra, bank kuzatuv kengashi tarkibidan chiqarildi. Uning o‘rniga bank Kuzatuv kengashi a’zosi etib Voistinov Konstantin Alekseyevich saylangan.
Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqdi

Foto: Qahramon Olimov / LinkedIn

ANORBANK aksiyadori Qahramonjon Olimov 2-oktyabr kuni bergan arizasiga ko‘ra, bank kuzatuv kengashi tarkibidan chiqarildi.

Tegishli qaror 28-oktyabr kuni bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.

Uning o‘rniga bank Kuzatuv kengashi a’zosi etib Voistinov Konstantin Alekseyevich saylangan. Yangi nomzodning vakolatlari Markaziy bank roziligi olingach kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Qahramonjon Olimov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgandi.

Shundan so‘ng bank matbuot xizmati bunga izoh berib, alohida aksiyadorning shaxsiy hayotiga oid holatlar bank faoliyati bilan bog‘liq emasligini e’lon qilgandi.

Keyinchalik Qahramonjon Olimov bankning kuzatuv kengashi a’zoligidan chiqish bo‘yicha 2-oktyabr kuni ariza bergani ma’lum bo‘ldi.

Olimov o‘rniga tayinlangan Konstantin Voistinov ochiq manbalarda ANORBANK boshqaruv raisi maslahatchisi hamda Kapital Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi a’zosi sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Qahramonjon Olimov ushbu sug‘urta tashkilotining asosiy aksiyadori sanaladi.

#qahramonjon_olimov#anorbank#konstantin_voistinov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan