Markaziy bank yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini oshirdi — 7%

04.11.2026 12:17
O'zbekchaРусский
Markaziy bank umumiy inflyatsiya prognozini qayta ko‘rib chiqdi. Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 7 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Avvalgi prognozda bu ko‘rsatkich 6,5 foiz edi.
Markaziy bank yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini oshirdi — 7%

Foto: Daryo

Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha matbuot xabarida umumiy inflyatsiya prognozini qayta ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2026-yil yakunida umumiy inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda. Avvalgi prognozda bu ko‘rsatkich 6,5 foiz edi.

Regulyator prognozning oshirilishini yuqori ichki talab, energiya resurslari narxlari bilan bog‘liq tashqi xatarlar hamda tartibga solinadigan ayrim narxlarning rejalashtirilgan oshirilishi bilan izohladi.

Markaziy bankka ko‘ra, tartibga solinadigan narxlarning oshishi inflyatsiyaga qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu ta’sir kelgusi yilda asta-sekin kamayib borishi kutilmoqda.

Shuningdek, qat’iy pul-kredit siyosati narxlar oshishining boshqa tovar va xizmatlarga ham tarqalishi hamda inflyatsion kutilmalarga ta’sir qilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Markaziy bank bazaviy inflyatsiya yil oxirigacha sezilarli o‘zgarmasligini, keyingi davrlarda esa pasayishini kutmoqda. 2027-yil yakuniga borib esa umumiy inflyatsiyani 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichgacha tushirish ko‘zda tutilgan.

#inflatsiya#markaziy_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan