Mahalliy maishiy texnika xaridi uchun 18 foizli kredit ajratish rejalashtirilmoqda

09.11.2026 13:38
O'zbekchaРусский
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalar xaridi uchun 18 foizli kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. Prezident mutasaddilarga bu bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi.
Mahalliy maishiy texnika xaridi uchun 18 foizli kredit ajratish rejalashtirilmoqda

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarni xarid qilish uchun banklar tomonidan yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning elektrotexnika tarmog‘ida ishlayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotida ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu mexanizm orqali aholining zamonaviy maishiy texnika xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari savdosini oshirish ko‘zda tutilgan.

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda tegishli hisob-kitoblarni tayyorlab, banklarga ushbu maqsadlar uchun arzon resurs joylashtirish bo‘yicha aniq taklif kiritish topshirildi.

Kreditlar qachon ajratila boshlashi, ularning muddati va maksimal summasi hozircha ma’lum qilinmagan.

#maishiy_texnika#Imtiyozli_kredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan