Kapitalbank 50 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini muomalaga chiqaradi

10.11.2026 12:18
O'zbekchaРусский
Kapitalbank umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan o‘zining birinchi valyuta obligatsiyalarini chiqaradi. Obligatsiyalarning nominal qiymati 100 dollar, muomala muddati 731 kun, yillik daromadlilik stavkasi esa 7 foiz etib belgilangan.
Kapitalbank 50 mln dollarlik valyuta obligatsiyalarini muomalaga chiqaradi

Foto: Kapitalbank

Kapitalbank umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan o‘zining birinchi valyuta obligatsiyalarini chiqaradi.

Tegishli qaror 29-oktyabr kuni bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.

Aksiyadorlar obligatsiyalarni chiqarish shartlarini quyidagicha tasdiqladi:

  • Umumiy qiymati — 50 mln dollar
  • Obligatsiyalar soni — 500 ming dona
  • Nominal qiymati — 100 dollar
  • Yillik foiz stavkasi — 7 foiz
  • Foiz to‘lovlari — har 3 oyda bir marta
  • Muomala muddati — 731 kun
  • Joylashtirish usuli — ochiq obuna
  • Anderrayter — Kapital Securities MChJ
  • To‘lov valyutasi — AQSh dollari

Qayd etish joizki, hozircha aksiyadorlar yig‘ilishida obligatsiyalarni chiqarish shartlari tasdiqlangan.

Ularni amalda joylashtirish esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin boshlanishi mumkin.

#Kapitalbank#valyuta_obligatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan