Mybank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 43 foizdan oshdi

11.11.2026 10:02
O'zbekchaРусский
Sentyabr oyida Mybank muammoli kreditlar hajmi 196 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-oktyabr holatiga 255 mlrd so‘mga yetdi. Bu bank jami kredit portfelining 43,4 foizini tashkil etadi va tijorat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mybank kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi 43 foizdan oshdi

Foto: Yandex Maps

Sentyabr oyida Mybank muammoli kreditlari hajmi 196 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-oktyabr holatiga 255 mlrd so‘mga yetdi.

Bu bank jami kredit portfelining 43,4 foizini tashkil etadi va tijorat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Kredit portfeli esa ushbu oyda 4 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra 587 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Infografika: tanga.uz

Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilishicha, Mybank muammoli kreditlarining keskin o‘sishi aprel oyiga to‘g‘ri keladi.

Oy boshida bankning muammoli kreditlari 11 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1-may holatiga kelib bu ko‘rsatkich 296 mlrd so‘mga yetgan.

Natijada bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi oy boshidagi 2,7 foizdan oy oxiriga kelib 50,8 foizni tashkil etgan.

Bankning kredit portfeli bu vaqt ichida 185 mlrd so‘mga ko‘payib, 584 mlrd so‘mga yetgandi.

Keyingi oyda vaziyat yaxshilangan: 1-iyun holatiga muammoli kreditlar hajmi 26 mlrd so‘mgacha, ularning jami portfeldagi ulushi esa 4,4 foizgacha tushgan. Undan keyingi oylarda bu ko‘rsatkich birmuncha mo‘tadil saqlangan.

Biroq avgust oyida muammoli kreditlarning o‘sishi yana tezlashgan va 1-sentyabr holatiga 10 foizga, 1-oktyabr holatiga esa 43,4 foizga yetgan.

Ma’lumot uchun, Mybank 1-oktyabr holatiga ko‘ra 587 mlrd so‘mlik kredit portfeli bilan 34 ta tijorat banki ichida 30-o‘rinda bormoqda.

#mybank#npl

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan