Qaysi banklar eng yuqori foizli omonat taklif etmoqda?

23.04.2025 09:32
2025-yil 1-apreldan boshlab banklardagi omonatlarning eng yuqori foiz stavkasi 26 foizdan 23 foizga tushdi. Shu sababli, tanga.uz bugungi kunda banklar taklif etayotgan eng yuqori foiz stavkali omonatlarni jamladi.
Qaysi banklar eng yuqori foizli omonat taklif etmoqda?

Foto: Shutterstock

2025-yil 1-aprelgacha banklar tomonidan taklif etilayotgan omonatning eng yuqori foiz stavkasi 26 foizni tashkil etardi. Biroq 1-apreldan boshlab banklardagi omonatlarning maksimal foiz stavkasi 23 foizgacha tushdi.

Shu sababli, tanga.uz bugungi kunda eng qulay omonatlarni taklif etayotgan banklar ro‘yxatini tuzdi.

Quyida banklar hamda ularning omonat shartlari keltirilgan:

HAYOT BANK

  • Yillik stavka — 23 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 500 ming so‘m
  • To'ldirish — eng kamida 100 ming so'm
  • Qisman yechib olish — qoldiq 500 ming so'm qoldirgan holda
  • Omonat nomi — "Yaxshilikka"
  • Batafsil

Davr - bank

  • Yillik stavka — 23 foiz
  • Muddati — 25 oy
  • Minimal miqdor — 100 ming so‘m
  • Omonat nomi — "Davr Sarmoya"
  • Batafsil — 1284

YANGI BANK

  • Yillik stavka — 23 foiz
  • Muddati — 25 oy
  • Minimal miqdor — 1 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud emas
  • Omonat nomi — "Yangi Save Max"
  • Batafsil

Tenge Bank

  • Yillik stavka — 23 foiz
  • Muddati — 13 oy
  • Minimal miqdor — 100 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud
  • Omonat nomi — "Foydali"
  • Batafsil

ANORBANK

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 13 oy
  • Minimal miqdor — 1 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud emas
  • Omonat nomi — "Tez omonati"
  • Batafsil

Trastbank

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 500 ming so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — qoldiq 500 ming so'mdan kam bo'lmagan holda mumkin
  • Omonat nomi — "Onlayn - Trast Imkon"
  • Batafsil

Poytaxt Bank

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 1 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud
  • Omonat nomi — "NIHOL"
  • Batafsil

Ipak Yo'li Banki

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 1 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — qoldiq 1 mln so'mdan kam bo'lmagan holda mumkin
  • Omonat nomi — "Universal"
  • Batafsil

Asia Alliance Bank

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 1 mln so‘m
  • To'ldirish — mavjud emas
  • Qisman yechib olish — mavjud emas
  • Omonat nomi — "Standart Online"
  • Batafsil

Ipoteka-bank

  • Yillik stavka — 22 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 500 ming so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud emas
  • Omonat nomi — “Konstruktor”
  • Batafsil

TBC Bank

  • Yillik stavka — 21 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 100 ming so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — qoldiq 1 mln so'mdan kam bo'lmagan holda mumkin
  • Omonat nomi — "Muddatli to'ldiradigan omonat"
  • Batafsil

Asakabank

  • Yillik stavka — 21 foiz
  • Muddati — 24 oy
  • Minimal miqdor — 100 ming so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud emas
  • Omonat nomi — "Maksimal foyda"
  • Batafsil

BRB

  • Yillik stavka — 21 foiz
  • Muddati — 13 oy
  • Minimal miqdor — 500 ming so‘m
  • To'ldirish — mavjud
  • Qisman yechib olish — mavjud
  • Omonat nomi — "BRB omonat +"
  • Batafsil

Ushbu ma’lumotlar banklarning rasmiy veb-saytlaridan olingan bo‘lib, asosan ularning mobil ilovalarida taklif etilayotgan yillik foiz stavkalariga asoslanadi.

Ma'lumot uchun, omonatni bankning mobil ilovasi orqali onlayn qo‘yish, bank filialiga borib shaxsan qo‘yishga nisbatan 1 yoki 2 foiz ko‘proq daromad keltirishi mumkin.
#stavka#banklar#omonat#depozit

Eng ko'p o'qilgan