Endi fuqarolar kredit tarixini tekshirishga kimlarga ruxsat berganini kuzatishi mumkin

17.11.2026 11:11
O'zbekchaРусский
KATM kredit byurosi “Mening roziliklarim” xizmatini ishga tushirdi. Uning yordamida fuqarolar kredit tarixini tekshirish uchun qaysi bank yoki kredit tashkilotiga ruxsat berganini ko‘rsa bo‘ladi.
Endi fuqarolar kredit tarixini tekshirishga kimlarga ruxsat berganini kuzatishi mumkin

Foto: KATM

KATM kredit byurosi fuqarolar uchun "Mening roziliklarim" xizmatini ishga tushirdi. Bu haqda kredit byurosining axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu xizmat orqali fuqarolar qaysi bank yoki kredit tashkilotiga o‘z kredit tarixini tekshirish uchun ruxsat berganini ko‘rishlari mumkin.

Masalan, fuqaro bankdan 20 mln so‘m kredit olmoqchi bo‘lsa, bank unga kredit ajratishdan oldin avvalgi kreditlari, qarzdorligi va to‘lovlar tarixini o‘rganib chiqadi.

Buning uchun fuqaroning roziligi olinadi. Endi fuqaro KATM mobil ilovasi yoki sayti orqali ushbu roziliklarni kuzatib borishi mumkin.

Xususan, qaysi kredit tashkilotiga va qachon rozilik berilgani, shuningdek, uning tizimda ro‘yxatga olingan sanasi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar berayotgan roziliklarini boshqarish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Xizmat 2026-yil 15-noyabrdan boshlab test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda shu sanadan keyin berilgan roziliklar aks ettiriladi.

Kredit byurosining ma’lum qilishicha, test davrida xizmatdan foydalanish bepul.

#katm#mening_roziliklarim

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan