O‘zbekiston Markaziy banki 19-noyabr kuni uchun o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining sotuv narxi 8 mln 917 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Bu yil boshidan buyon, aniqrog‘i 9-yanvardan keyin kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Manba: Markaziy bank
Taqqoslash uchun, joriy yilning 3-mart sanasida 5 grammlik quyma narxi 10 mln 864 ming so‘mga yetib, rekord o‘rnatilgan edi.
O‘shandan beri narxlar 18 foizga arzonlagan, biroq o‘tgan yilning 19-noyabridagi narxga nisbatan 10 foizga yuqori bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalar narxini jahon bozoridagi oltin narxi o‘zgarishiga qarab belgilab boradi.
