Startapga investitsiya ajratish rad etilgani yuzasidan fuqaro prokuraturaga murojaat qildi

20.11.2026 14:08
O'zbekchaРусский
AloqaVentures fondi Olmazor tumanida yashovchi fuqaroning 50 mln so‘mlik startap loyihasiga investitsiya ajratish so‘rovini rad etgach, fuqaro Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qildi.
Startapga investitsiya ajratish rad etilgani yuzasidan fuqaro prokuraturaga murojaat qildi

Foto: tanga.uz

AloqaVentures fondi startap loyihasiga 50 mln so‘m investitsiya ajratishni rad etganidan so‘ng fuqaro Toshkent shahar prokuraturasiga murojaat qildi.

Bu haqda Olmazor tumani hokimligi mahkamasi fondga yuborgan rasmiy xatida ma’lum qilgan.

Manba: AloqaVentures / Threads

2026-yil 19-noyabrdagi 737/03-sonli xatga ko‘ra, fuqaro o‘z startap loyihasi uchun AloqaVentures fondidan 50 mln so‘m investitsiya so‘ragan.

Biroq fond loyihaga o‘xshash boshqa loyihalar borligi va undan kamida 3–4 nafar foydalanuvchi foydalanishi kerakligini sabab qilib ko‘rsatib, investitsiya ajratishni rad etgan.

Shundan so‘ng fuqaro prokuraturaga murojaat qilgan. Olmazor tumani hokimligi mahkamasi esa fond rahbariyatidan investitsiya ajratishni rad etish sabablarini tushuntirishni so‘rab, xat yuborgan.

AloqaVentures ushbu holat haqida Threads sahifasida ham post e’lon qildi.

Fond vaziyatga hazil aralash munosabat bildirib, O‘zbekistonda startaplar uchun investitsiya jalb qilishning yangi bosqichi boshlanganini yozdi.

Ularning kinoyali izohiga ko‘ra, endi investitsiya rad etilgach, boshqa investorlarga emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish ham mablag‘ jalb qilish jarayonining bir qismiga aylanmoqda.

Shu bilan birga, fond investitsiya rad etilishi startap uchun barcha imkoniyatlar tugaganini anglatmasligini ta’kidladi.

AloqaVentures startaplarning rivojlanishi va natijalarini kuzatishda davom etishini, ijobiy o‘zgarishlar bo‘lsa, ular bilan yana muzokara boshlashga tayyorligini bildirgan.

#aloqaventures

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan