O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yil boshidan buyon eng past ko‘rsatkichga tushdi

25.11.2026 11:16
O'zbekchaРусский
25-noyabr kuni 5 grammlik oltin quymasining sotuv narxi 8 mln 320 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning 9-dekabridan buyon eng past darajaga tushdi.
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yil boshidan buyon eng past ko‘rsatkichga tushdi

Foto: Bloomberg

O‘zbekiston Markaziy banki 25-noyabr kuni uchun o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining sotuv narxi 8 mln 320 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Bu o‘tgan yilning 9-dekabridan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Manba: Markaziy bank

Taqqoslash uchun, joriy yilning 3-mart sanasida 5 grammlik quyma narxi 10 mln 864 ming so‘mga yetib, rekord o‘rnatilgan edi.

O‘shandan beri narxlar 23,4 foizga arzonlagan, biroq o‘tgan yilning 25-noyabridagi narxga nisbatan 1,8 foizga yuqori bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalar narxini jahon bozoridagi oltin narxi o‘zgarishiga qarab belgilab boradi.

#oltin_narxlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan