AloqaVentures Deepen startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi. Bu haqda AloqaVentures o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qildi.
Deepen startapi bu — fitnes klublar uchun maxsus ishlab chiqilgan ERP platformasi bo‘lib, sport zallari faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish va boshqarishni soddalashtirishga yordam beradi.
Platforma yordamida klub egalari operatsion jarayonlarga kamroq vaqt sarflab, biznesni kengaytirish va mijozlar tajribasini yaxshilashga ko‘proq e’tibor qaratishlari mumkin.
Deepen startapi ushbu raundgacha umumiy hisobda 108 ming dollar sarmoya jalb qilgan. Mazkur sarmoyadan 25 ming dollar C-Angels tomonidan taqdim etilgan.
Avvalroq, AloqaVentures’ning Romchi startapiga 50 ming dollar sarmoya kiritgani haqida yozgandik.