AloqaVentures YorYor startapiga sarmoya kiritdi

08.05.2025 12:47
AloqaVentures YorYor startapiga sarmoya kiritdi. Mazkur startap zamonaviy juftliklar uchun to‘y marosimlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonini raqamlashtirish orqali kelin-kuyovlarga qulaylik yaratishga qaratilgan.
AloqaVentures YorYor startapiga sarmoya kiritdi

Foto: pixnio.com

AloqaVentures YorYor startapiga sarmoya kiritdi. Sarmoya miqdori hozircha ochiqlanmagan.

Mazkur startap zamonaviy juftliklar uchun to‘y marosimlarini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonini raqamlashtirish orqali kelin-kuyovlarga qulaylik yaratishga qaratilgan.

YorYor o‘z faoliyatini to‘yona funksiyasi bilan boshlagan. Bu funksiya mehmonlarga kelin-kuyovning shaxsiy orzular ro‘yxatiga muvofiq raqamli sovg‘alar yuborish imkonini beradi.

Startapning yoryor.net veb-sayti mavjud bo'lib, uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • to‘yona — shaxsiy istaklar asosida raqamli sovg‘a yuborish;
  • tayyor andozalar orqali 2 daqiqada to‘y sahifasi va elektron taklifnomalar yaratish;
  • sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan to‘y rejalashtirish;
  • tasdiqlangan xizmat ko‘rsatuvchilar bozori (joylar, suratchi, stilist va boshqalar);
  • tezkor band qilish va ilovada xabar almashish;
  • xizmat ko‘rsatuvchilar uchun buyurtmalar va biznes o‘sishini kuzatuvchi boshqaruv paneli.

Avvalroq, AloqaVentures Deepen startapiga 100 ming dollar miqdorida sarmoya kiritgan edi.

#start_up#startap#aloqaventures#yoryor

Eng ko'p o'qilgan