Sergey Gimadiyev APEX BANK boshqaruv raisi etib tayinlandi

15.05.2025 15:48
14-may kuni APEX BANK aksiyadorlarining yig‘ilishida Sergey Gimadiyev bank boshqaruv raisi etib tayinlandi. U bunga qadar bank boshqaruv raisining o‘rinbosari edi. Bankning avvalgi boshqaruv raisi Bahrom No’monov esa o‘z faoliyatini bank kuzatuv kengashida davom ettirishi ma’lum qilindi.
Sergey Gimadiyev APEX BANK boshqaruv raisi etib tayinlandi

Foto: apexbank.uz

Sergey Abdulxayevich Gimadiyev APEX BANK boshqaruv raisi etib tayinlandi

Tayinlov 14-may kuni bankning aksiyadorlar yig‘ilishida amalga oshirildi. Endi bu tayinlovni Markaziy bank tasdiqlashi qoldi.

Sergey Gimadiyev bungacha APEX BANK boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Bankning avvalgi boshqaruv raisi Bahrom No'monov esa o‘z faoliyatini bank kuzatuv kengashida davom ettirishi ma’lum qilindi.

Bahrom No'manov Foto: LinkedIn

Ma’lumot uchun, Sergey Gimadiyev 1980-yilda tug‘ilgan. Bank tizimidagi mehnat faoliyatini 2005-yili Kapitalbank’da boshlagan. 2018-yilda bir muddat Beeline kompaniyasida, 2018-2019-yillarda InFinBank’da turli lavozimlarda ishlagan. 

2019-yildan 2021-yilgacha Kapitalbank’da boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida, 2021-yil noyabr oyidan 2023-yil iyun oyiga qadar sobiq "Bank Apelsin" AJ (keyinchalik “Uzum Bank” AJ) boshqaruvi raisi lavozimida, 2023-yil iyuldan 2024-yil may oyiga qadar Asia Alliance Bank boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

#APEX BANK#Sergey Gimadiyev#Boshqaruv raisi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar