Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Yandex Go xizmati ishga tushdi.
Endilikda Denovda Play Market yoki App Store orqali Yandex Go ilovasini yuklab olib, taksi xizmatidan foydalanish mumkin.
Denovda Yandex Go taksi xizmatini sinab ko‘rganlarning aytishicha, shahar bo‘ylab sayohatning eng arzon narxi 3 ming so‘mdan boshlanadi.
Masalan, hokimlik binosidan temir yo‘l vokzaligacha bo‘lgan yo‘nalish taxminan 3,5 ming so‘mni tashkil etgan.
Shunday qilib, Yandex Go Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz, Nukus, Urganch, Xiva, Qarshi, Jizzax, Guliston, Navoiy, Zarafshon va Denov shaharlarida ham faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun, Denov tumani aholi soni bo‘yicha Surxondaryoda yetakchi hisoblanadi. 2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, uning aholisi soni 430,5 ming kishini tashkil etgan.