"TBC Digital" AJ yopiq obuna orqali oddiy aksiyalar chiqardi. Mazkur aksiyalar joriy yilning 15-may sanasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ushbu aksiyalarning nominal qiymati 1 ming so‘mga teng bo‘lib, umumiy qiymati 4 trln 19 mlrd 760 mln so‘mni (joriy kurs bo‘yicha 311 mln dollar) tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 28-mart sanasida Gruziyaning TBC Bank Group PLC kompaniyasi O‘zbekistondagi bizneslarini yagona TBC Digital kompaniyasi ostida birlashtirish orqali Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) bilan qo‘shma korxona tuzganini e’lon qilgandi.
Yuqorida nomi keltirilgan kompaniyalarning TBC Digital'dagi ulushi quyidagicha:
- TBC Bank Group PLC — 79.7 foiz
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 10.15 foiz
- Xalqaro moliya korporatsiyasi — 10,15 foiz
TBC Digital’ning O‘zbekistondagi faoliyatiga bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi TBC Bank Uzbekistan, to‘lov xizmatini taqdim etuvchi Payme kompaniyasi va muddatli to‘lov imkoniyatini beruvchi Payme Nasiya xizmatlari kiradi.
