SQB online tarzda oltin quyma sotish va sotib olish xizmatini ishga tushirdi.
Bu xizmatdan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:
- bankning SQB Mobile ilovasini yuklab olish (Play Market yoki App Store);
- ilovada identifikatsiyadan o‘tish;
- ilovaning asosiy bo‘limidagi "Oltin - qadri baland!" nomli sahifaga kirish;
- sahifada bank kartasini biriktirish;

Foto: SQB Mobile
U yerda 1 grammdan 25 grammgacha oltin quymasini sotish va sotib olish mumkin bo'ladi. Bu xuddi dollar kursiga o‘xshaydi. Bunda Markaziy bankda e’lon qilingan oltin narxlariga to‘g‘ri kelmaydi. Biroq shunga juda yaqin bo‘ladi.
Masalan, 19-may holatiga ko‘ra, Markaziy bank taqdim etgan oltin quyma narxlari quyidagicha:

19-may holatiga ko‘ra, oltin quyma narxlari. Manba: Markaziy bank
Bunda 1 gr oltin quymasining narxi 1 mln 378,2 ming so‘m bo‘lsa, SQB Mobile orqali oltinni sotib olish narxi 1 mln 335 ming so‘m, sotish esa 1 mln 362 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Foto: SQB Mobile
SQB aloqa markazining ma’lum qilishicha, bank filialidagi 20 gr oltin quymasining narxi 27 mln 565 ming so‘m ekan. Bunda 1 gr oltin narxi xuddi Markaziy bankniki kabi 1 mln 378,2 ming so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, hozirda 1 grammdan 100 grammgacha bo‘lgan o‘lchovda oltin sotib olish mumkin. Ushbu havolada oltin sotish va sotib olish bilan shug‘ullanuvchi shahobchalar ro‘yxati keltirilgan.
Avvalroq O'zbekistonda oltin quyma narxlari rekord qayd etayotgani haqida maqola yozgandik.
