2025-yilning 9-aprelida Prezident raisligida turizm sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lgandi. Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev taklif etgan o‘zgarishlar birin-ketin amalga oshirila boshlandi.
Xususan, 2025–2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-87-son, 15.05.2025) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyunidan boshlab Fors ko‘rfazi davlatlari, Bahrayn Qirolligi, Quvayt davlati hamda Ummon sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi.
Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.
Bundan tashqari, 2025-yil iyun oyidan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasidagi shanba va yakshanba kunlari "Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni" deb belgilanadi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil yakuniga qadar respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy sayyohning tashrifini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.