Uzum Ozarbayjonning Kapital Banki orqali $22 mln qarz jalb qildi

20.05.2025 12:42
Uzum ekotizimi 22 mln dollar miqdorida qo'shma qarz oldi. Mazkur bitimda Uzum bilan Ozarbayjonning Kapital Bank'i hamkorlik qiladi. Uzum bu mablag‘ orqali fintex mahsulotlarini kengaytirish va xizmatlarini butun mamlakat bo‘ylab ommaboproq qilishni maqsad qilgan.
Uzum Ozarbayjonning Kapital Banki orqali $22 mln qarz jalb qildi

Foto: Uzum.uz

"Uzum" milliy raqamli ekotizimi 22 million dollarlik qo‘shma qarz mablag‘larini jalb qildi. Ushbu bitimda ekotizimning hamkori Ozarbayjonning yetakchi banklaridan biri - Kapital Bank hisoblanadi.

Qarz olishning sababini Uzum ekotizimining moliyaviy direktori Nikita Gulyaev quyidagicha tushuntirdi: 

Bu moliyalashtirish fintex mahsulotlarimizni yanada kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish va xizmatlarimizni butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar uchun yanada qulay hamda ommabop qilishga ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, Kapital Bank Ozarbayjonning birinchi banki hisoblanadi. Bankning mamlakat bo‘ylab 118 ta filiali va 54 ta xizmat ko‘rsatish markazi mavjud.

Ozarbayjonning Kapital Banki

Eslatib o'tamiz, Uzum kompaniyasi 2024-yilda 421 mln dollarlik muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatgan. Shuningdek, kompaniya sof foydasi 150 mln dollarni tashkil etgan. Bu 2023-yilga nisbatan 50 foizga ko‘proqdir.

#uzum #Kapital Bank#Ozarbayjon

Eng ko'p o'qilgan