Davlat tashkilotlari asosan tibbiy maqsadlar uchun qo‘llaniladigan dori vositalari va materiallar sotib oladi. Oxirgi 3 yildan oshiq muddatda portalda ushbu mahsulotlar bilan bog’liq 276 mingdan ziyod xarid amalga oshirilgan.
Ushbu mahsulotlar tabiiyki, asosan shifoxonalar yoki tibbiyot bilan bog’liq tashkilotlar tomonidan sotib olingan.
Keyingi o’rinni egallagan kimyoviy vositalar va kimyoviy mahsulotlar bilan bog’liq 46 mingga yaqin xaridni asosan davlatga tegishli bo’lgan yoki davlat ulushi yuqori bo’lgan zavod va fabrikalar amalga oshirgan.
Oxirgi yillarda rivojlana boshlagan oziq-ovqat autsorsing xizmatlari sabab ushbu yo’nalishda ham xaridlar ko’payib borayotganini ko’rish mumkin.
So’nggi uch yilda bu xizmatdan asosan maktab va bog’chalar, shifoxona va dispanserlar foydalanmoqda. Amalga oshirilgan xaridlar soni 35 mingdan ortiq.
Telekommunikatsion xizmatlar 30,5 ming xarid bilan to’rtinchi o’rinda bo’lsa-da, shartnoma qiymati bo’yicha yuqoridagilardan qolishadi deyish qiyin, sababi bu yo’nalishga asosan internet ta’minoti kiradi va ushbu xizmat bo’yicha yillik shartnomalar tuziladi.
Quyida eng ko’p shartnoma tuziladigan TOP-20 xizmat va mahsulotlar bilan tanishib chiqish mumkin. Infografikada ko'rsatilgan sonlar — tuzilgan bitimlar sonini anglatadi.