Avtooyna zavodidagi davlat ulushi qariyb 16 mln dollarga sotildi

22.05.2025 07:41
Avtooyna zavodining 100 foizlik davlat ulushi xususiy korxonaga 200,5 mlrd so‘mga (joriy kurs bo‘yicha $15,5 mln) sotildi. Xaridor "Uet Invest" MChJ hisoblanadi. Mazkur kompaniya Avtooyna zavodining amaldagi faoliyatini 10 yil davomida saqlab qolish va General Motors bilan tuzilgan kelishuvlarga rioya qilish kabi shartlarni ham bajarishga rozilik bildirgan.
Avtooyna zavodidagi davlat ulushi qariyb 16 mln dollarga sotildi

Foto: OqQora YouTube kanlidan olindi

"Avtooyna" MChJning 100 foizlik davlat ulushi xususiy korxonaga 200,5 mlrd so‘mga sotildi. Bu joriy kurs bo‘yicha 15,5 mln dollarni tashkil etadi. 

Xaridor "Uet Invest" MChJ hisoblanadi. Avtooyna korxonasini sotib olishga 8 ta investor qiziqish bildirgandi. Shulardan 4 tasi rasmiy taklif yubordi. 

Natijada eng yaxshi taklifni bergan "Uet Invest" MChJ g‘olib deb topildi. 

Foto: stat.uz

Endi kompaniya amaldagi qonunlarga ko‘ra xarid summasining 35 foizini 1 oy ichida to‘lashi lozim. 

Shuningdek, Avtooyna korxonasining amaldagi faoliyatini 10 yil davomida saqlab qolish va General Motors bilan tuzilgan kelishuvlarga rioya qilish kabi shartlarni ham bajarishga rozilik bildirdi. 

Ma’lumot uchun, xaridor kompaniya "Uet construction" MChJ ta'sischiligida tashkil etilgan. 

Foto: stat.uz

Hozirda xaridor kompaniyaning 76,95 foiziga Xurdiyor Artikbayev, 23,5 foiziga esa "Uet construction" MChJ egalik qiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lum qilishicha, "Uet construction" kompaniyasi sanoat inshootlari, yo‘llar, nasos stansiyalari, aeroportlar, ko‘priklar, ko‘chmas mulk va fuqarolik infratuzilmalari kabi yo‘nalishlarda loyihalash, xarid va qurilish xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi

Mazkur kompaniya 2024-yilni 300 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan.

#Uet construction#Avtooyna#Xurdiyor Artikbayev#Uet Invest

Eng ko'p o'qilgan