1-sentyabrdan O‘zbekistondagi mehmonxonalarga pasportsiz kirish mumkin bo‘ladi

22.05.2025 11:31
2025-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistondagi mehmonxonalarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kirish mumkin bo‘ladi. Buning uchun mehmon Yagona milliy turizm platformasidagi MyID tizimi orqali o‘z shaxsini tasdiqlagan bo‘lishi kerak.
1-sentyabrdan O‘zbekistondagi mehmonxonalarga pasportsiz kirish mumkin bo‘ladi

Foto: Hyatt Regency mehmonxonasi

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab O‘zbekistondagi mehmonxonalarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz kirish mumkin bo'ladi.

Buning uchun mehmon Yagona milliy turizm platformasidagi MyID tizimi orqali o‘z shaxsini tasdiqlagan bo'lishi kerak.

Yagona milliy turizm platformasiga ulangan mehmonxonalarning shaxsiy kabinetlarida QR-kod yoki yuzni tanish tizimi yordamida mehmonlarni aniqlash funksiyasi mavjud bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 7-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingandi

Unda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Yagona milliy turizm platformasini sinov rejimida ishga tushirish rejalashtirilgan. 

O‘sha yilning 1-dekabriga qadar u to‘liq ish rejimiga o‘tishi aytilgan. Mazkur platformaga quyidagi xizmatlar kiradi:

  • turar joylarni onlayn band qilish;
  • avtotransportni ijaraga olish va taksi chaqirish;
  • avtobus, samolyot va poyezdlarga chiptalar sotib olish;
  • muzey va diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
  • gid-tarjimonlar, sayohat rahbarlari, turoperator va turagentlar xizmatlari;
  • milliy va xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirish.
#Yagona milliy turizm platformasi#MyID#mehmonxonalar

Eng ko'p o'qilgan