HUMO boshqaruvida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

22.05.2025 13:14
O'zbekchaРусский
2025-yilning mart oyida HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi etib tayinlangan Aleksey Maksimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Maksadjon Muxitdinov boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida tayinlandi. Shuningdek, Shuhratbek Qurbonovning kompaniya Kuzatuv kengashidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Uning o‘rniga Paynet’ning bosh direktori Anvar Isamuhamedov kengash tarkibiga kiritildi.
HUMO boshqaruvida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: HUMO

"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ (HUMO to‘lov tizimi) boshqaruv tarkibida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Unga ko'ra, joriy yilning mart oyida HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisi etib tayinlangan Maksimov Aleksey Yurevich lavozimidan ozod etildi. 

Aleksey Maksimov

Uning o‘rniga boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Muxitdinov Maksadjon Mansurovich boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Maksadjon Muxitdinov

Shuningdek, HUMO to‘lov tizimi tashkil etilganidan beri unga rahbarlik qilib kelgan Shuhratbek Qurbonovning kompaniya Kuzatuv kengashidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. 

Shuhratbek Qurbonov

Uning o‘rniga "Paynet" AJ bosh direktori Isamuhamedov Anvar Sadikovich Kuzatuv kengashi tarkibiga kiritildi

Anvar Isamuhamedov

Bundan tashqari, Qurbonov HUMO to'lov tizimining affillangan shaxslar ro‘yxatidan ham chiqarildi

Ma’lumot uchun, hozirda Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekiston boshqaruvi raisining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. U ushbu lavozimga 5-may kuni tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 13-yanvar kuni HUMO to‘lov tizimining 100 foizlik davlat ulushi 65 mln dollarga Paynet kompaniyasiga sotilgandi.

#Anvar Isamuhamedov #Shuhratbek Qurbonov#Maksadjon Muxitdinov #Aleksey Maksimov #humo#Milliy banklararo protsessing markazi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan