SQB sof foydasi so'nggi besh yilda 62 foizga o'sdi

29.01.2025 18:28
O'zsanoatqurilishbank 2024-yilni 1,3 trln so'mdan ko'proq sof foyda bilan yakunladi. Bankning sof foydasi 2020-yilga nisbatan 62,3 foizga o'sdi. 2024-yil yakunlari bo'yicha bank sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha banklar orasida 3-o'rinni band qildi.
SQB sof foydasi so'nggi besh yilda 62 foizga o'sdi

Foto: O'zA

O'zsanoatqurilishbank 2024-yilni 1,3 trln so'mdan ko'proq sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 43 foizga ko'proqdir. Sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha 3-o'rinni band qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 2022-yilga nisbatan 121 foizga, 2020-yilga nisbatan esa 62,3 foizga o'sdi. Ma'lumot uchun, SQB 2021-yilda deyarli 1 trln so'm sof foyda bilan O'zbekiston banklari orasida birinchi o'rinni egallagandi.

SQB haqida

Bankning tarixi 1922-yilga borib taqaladi. Hozirgi kunda ustav kapitali 4,6 trln so'mdan ko'proqni tashkil qiladi. 

Bank quyidagi aksiyadorlarga tegishli:

  • 82,1% ulushi O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va Taraqqiyot jamg'armasiga, 
  • 13,1% ulushi Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga, 
  • 1,2% ulushi esa "O'ZTRANSGAZ" АК ga hamda 
  • 3,6% ulushi boshqalarga tegishli. 

2023-yilning oktyabr oyidan beri Akbarjonov Aziz Akbarjon o'g'li bank boshqaruv raisi hisoblanadi. 

Avvalroq, O'zsanoatqurilishbankni xususiylashtirish bo'yicha muddatlar uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Bankning aktivi, kapitali va kredit portfeli

2024-yilda bankning aktivlari 87,6 trln so'm, jami kapitali esa 10 trln so'mdan oshgan. Bankning kredit portfeli 65,5 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi. 

Bank aktivlari 2020-yildan beri 78,6 foizdan ko'proqqa o'sganini qayd etish lozim.

#sqb#sof_foyda

Eng ko'p o'qilgan