2025-yilning 1-choragida davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalar miqdori 8 trln 2 mlrd so‘mni (amaldagi kurs bo‘yicha 622,4 mln dollar) tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ma’lumotlarga ko‘ra, chorak davomida davlat budjetidan eng ko‘p subsidiya energetika sohasiga ajratilgan.
Mazkur soha uchun 5 trln 376 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Bu yanvar-mart oylarida ajratilgan subsidiyalarning 67 foizini tashkil etadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega subsidiyalar esa 1 trln 933 mlrd so‘mga yetgan. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 180 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligiga 363 mlrd so‘m, geologiya-qidiruv ishlariga esa 150 mlrd so‘m subsidiya berilgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda davlat budjetidan 25 trln 505 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan edi. Bu subsidiyalarning 13 trln 933 mlrd so‘mi yoki 54,6 foizi energetika sohasiga yo‘naltirilgan edi.
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari
2025-yilning 1-choragida O‘zbekistonning budjet daromadlari 69 trln so‘mni, xarajatlar esa 77 trln so‘mni tashkil etdi.
Bunda defitsit 8 trln so‘mga yetib, davlat xarajatlari so‘nggi 1 yilda 10 foizga oshdi.
Budjetning 27 foizi 1-chorakning o‘zidayoq sarflangan. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil etgandi.