Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ (Mobiuz brendi) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshlanganligini eʼlon qildi.
- “Rothschild & Co” banki – bitim boʻyicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida,
- “KPMG” – moliyaviy konsultant sifatida hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (“vendor due diligence”) oʻtkazish boʻyicha,
- “Deloitte” – mustaqil baholovchi sifatida jalb qilingan.
Mobiuz haqida
Kompaniya 2014-yilning dekabr oyidan beri faoliyat ko'rsatib keladi. 2024-yil yakuniga koʻra, korxonaning sof tushumi 2 trln soʻmdan ziyodni va abonentlari soni 7,8 mln nafarni tashkil etadi.
Kompaniya O‘zbekiston va MTS o‘rtasidagi kelishuv asosida tashkil etilgan, ammo 2016-yilda rossiyalik operator o‘z ulushini sotgan. 2018-yilda UMS "Raqamli ishonch" davlat jamg‘armasi mulkiga o‘tgan, 2021-yilda esa jamg‘arma tugatilgach, Raqamli texnologiyalar vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2022-yil bahorida tasdiqlangan dasturda UMSni xususiylashtirish vazifasini yuklagan edi. Bir necha oydan so‘ng, DABA kompaniyani sotish uchun maslahatchilar qidirishni boshlaganini ma’lum qildi.
2025-yilning prel oyida prezident davlat aktivlarini, shu jumladan UMSni xususiylashtirish to‘g‘risidagi yangi qarorni imzoladi.
Savdo jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:
- Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (“Expression of interest/ EoI”);
- Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni qabul qilish (“NBO”);
- Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni qabul qilish (“BO”).
Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab, 2025-yil 1-avgust soat 18:00ga qadar (Toshkent vaqti bilan) oleg.pushkarev@rothschildandco.com, fara.babaev@rothschildandco.com, ssandykbayeva@kpmg.com elektron pochta manzillariga yuborishlari talab etiladi.