Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegishli Texnologik metallar kombinati 8 milliard so’mlik tender o’tkazdi. 13-iyun kuni Davlat xaridlari portalida ushbu xarid protokoli e’lon qilingan.
Tender talabiga ko’ra, g’olib tashkilot Angren va Yangi Angren issiqlik elektro stansiyalaridan kulshlak(yoqilg’i yoqishdan qolgan qoldirlar)ni maxsus maydonlarga tashish xizmatini bajarishi kerak.
Tenderda minimal 2 ta korxona qatnashgan: “Strong Construction Mantle” va “Mirali Logistiks” MCHJ
Ustav fondi 10 mln so'm bo'lgan “Strong Construction Mantle” MChJ 7,5 mlrd so’m taklif bilan g’alaba qozondi.
Statistika qo’mitasining korxona va tashkilotlar to'g'risidagi ma`lumotiga ko’ra, ikki korxona ham bir manzilda joylashgan.