AloqaVentures Karmon AI startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

17.06.2025 14:57
AloqaVentures fondi Karmon AI startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap shaxsiy moliyaviy boshqaruvdagi muammolarni hal etishga mo‘ljallangan raqamli platforma hisoblanadi. Hozirda uning iOS qurilmalari uchun ilovasi mavjud.
AloqaVentures Karmon AI startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

Foto: Karmon AI

AloqaVentures fondi Karmon AI startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

Mazkur startap shaxsiy moliyaviy boshqaruvdagi muammolarni hal etishga mo‘ljallangan raqamli platforma hisoblanadi. 

Hozirda uning iOS qurilmalari uchun ilovasi mavjud bo'lib, quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • qarz va moliyaviy majburiyatlarni aqlli eslatmalar orqali nazorat qilish;
  • bank kartalari amaliyotlarini tarixini avtomatik qo'shish;
  • sun’iy intellekt asosidagi moliyaviy maslahatlar olish;
  • Islomiy qoidalarga muvofiq zakotni avtomatik hisoblash;
  • xarajatlarni cheklar yoki rasmlar orqali aniqlash;
  • xarajatlarni kategoriya bo'yicha tahlil qilish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Karmon AI startapiga Habibulloh Hallakov asos solgan. 

Loyiha ishga tushganidan so‘ng atigi bir necha kun ichida Qatar, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston va O‘zbekiston foydalanuvchilari undan foydalana boshlagan.

Startap shu paytgacha 2025-yilgi AICA Awards tanlovida Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 

Shuningdek, u Plug and Play, Startup Garage, Swift Launch akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan va IT Park Uzbekistan rezidenti hisoblanadi. 

Avvalroq, startap 15 ming dollar miqdoridagi grantni ham qo‘lga kiritgan edi.

#startap#aloqaventures#karmon ai

Eng ko'p o'qilgan