Smartbank nomi Open Bank bo‘lib o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishga 17-iyun kuni o‘tkazilgan bank aksiyadorlarining yig‘ilishida aksiyadorlar rozilik bildirdi.
Nima uchun Open?
2025-yilning boshida to‘lov xizmatlari ko‘rsatuvchi "Future Open Technology Group" AJ Smartbank’ning 90,2 foiz aksiyalarini 451 mlrd so‘m evaziga sotib olgandi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya Agrobank bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini Open muddatli to‘lov kartasi bilan boshlagan.
Shuningdek, kompaniya Open Market hamda Open Biznes platformasini ham yo‘lga qo‘ygan.
Mana endi bu ro‘yxatga Open Bank nomli raqamli bank qo‘shilmoqda.
Bu O‘zbekistonda Open nomli yangi moliyaviy ekotizim shakllanayotganini bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning I choragida sobiq Smartbank’ning sof foydasi 4 barobarga kamayib, 628,5 mln so‘mni tashkil qilgandi.