IELTS topshirishda to‘langan mablag‘ni qaytarish tartibi

18.06.2025 20:34
O‘zbekistonda xalqaro IELTS imtihonidan 7 va undan yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi. tanga.uz nashri mazkur mablag‘ni qaytarib olish tartibini batafsil yoritib beradi.
IELTS topshirishda to‘langan mablag‘ni qaytarish tartibi

Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, IELTS imtihonidan 7 va undan yuqori ball olgan o‘zbekistonlik yoshlarning imtihon xarajatlari qaytarib beriladi.

tanga.uz nashri ushbu mablag‘ni qaytarib olish tartibini batafsil yoritib beradi.

Kimlar mablag‘ni qaytarish maqsadida ariza topshirishi mumkin?

Ariza topshiruvchi birinchi navbatda 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi hamda IELTS imtihonidan eng kamida 7 ball olgan bo‘lishi kerak.

Ariza qanday topshiriladi?

Ariza Milliy elektron hukumat portali (my.gov.uz) orqali topshiriladi. Portalning veb-sayti hamda ilovasi mavjud. 

Bunda arizani ilova orqali topshirish ancha qulay hisoblanadi. Ilova mavjud bo‘lmagan taqdirda uni Google Play yoki App Store’dan yuklab olish mumkin. 

Ilova yuklab olingach, unda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Agar ariza topshiruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ariza topshirishni ota-onasi yoki vasiysi bilan birgalikda amalga oshiradi.

Ariza topshirish jarayoni

Ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq barcha jarayonlar yakunlangach, ilovaning asosiy qismidagi "xizmatlar" bo‘limiga kiriladi. 

Foto: tanga.uz

U yerdan "yoshlar" bo‘limiga o‘tiladi. So‘ngra "o‘qish va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha xarajatlarni qoplash" xizmatiga kiriladi. 

Foto: tanga.uz

Foto: tanga.uz

Foto: tanga.uz

Keyin keyingi oyna ochiladi. Bu oynada so‘ralgan ma’lumotlar to‘ldirilib, mablag‘ni olish hududi tanlanadi. 

Bunda arizachi ayni vaqtda qaysi hududda istiqomat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha hududni kiritishi maqsadga muvofiqdir. 

Shundan so‘ng, o‘sha hududda joylashgan eng yaqin Xalq Banki’ning filiali tanlanadi. 

So‘ralgan barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, ariza yuborish tugmasi bosiladi. 

Ariza 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, natija tayyor bo‘lganda xabar shaklida yuboriladi.

Mablag‘ni olish jarayoni

Ariza tasdiqlangach, my.gov.uz’dagi shaxsiy kabinetga kirib, "arizalarim" bo‘limidan kompensatsiya buyruq hujjatini yuklab olish kerak bo‘ladi. 

Pulni olishning 2 ta usuli mavjud. Birinchisi, ariza topshirishda tanlangan Xalq Banki filialiga ushbu hujjat bilan borib, pul mablag‘ini naqd shaklda olish. 

Ikkinchisi, bankning Xazna mobil ilovasi orqali onlayn olish. Bunda ilovaga kirilganda "menyu" bo‘limi tanlanadi. 

U yerda "ijtimoiy xizmatlar", so‘ngra "Xalqaro imtihon (qoplab berish)" xizmatiga kiriladi. Shundan so‘ng mablag‘ni plastik kartaga o‘tkazib olish mumkin.

#IELTS#pul qaytarish#my.gov.uz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar