May oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlari arzonlagan

27.06.2025 12:26
MHTI mutaxassislari 2025-yilning may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlarini tahlil qildi. Unga ko‘ra, KIA kompaniyasining avtomobillari may oyi davomida aprel oyiga nisbatan eng sezilarli darajada arzonlagan. UzAuto Motors avtomobillaridan esa Onix hamda Malibu modellari eng ko‘p arzonlagan.
May oyida ikkilamchi bozordagi avtomobil narxlari arzonlagan

Foto:sputniknews.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxining o‘zgarishini tahlil qildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, may oyida mahalliy avtomobillarning o‘rtacha narxi aprel oyiga nisbatan arzonlashgani aniqlandi.

Quyida avtomobillarning qanchaga arzonlashgani keltirilgan:

Mahalliy avtomobillar

Onix

  • Eskirog‘i — 800 dollarga arzonlab, 13 800 dollardan 13 000 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 220 dollarga arzonlab, 13 700 dollardan 13 480 dollarga tushdi.

Lacetti (Gentra)

  • Eskirog‘i — 100 dollarga arzonlab, 13 000 dollardan 12 900 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 75 dollarga arzonlab, 14 075 dollardan 14 000 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 100 dollarga arzonlab, 14 800 dollardan 14 600 dollarga tushdi.

Cobalt

  • Yangirog‘i — 144 dollarga arzonlab, 12 700 dollardan 12 556 dollarga tushdi.

Nexia (R3)

  • O‘rtachasi — 100 dollarga arzonlab, 11 000 dollardan 10 900 dollarga tushdi.

Spark

  • Eskirog‘i — 100 dollarga arzonlab, 8 900 dollardan 8 800 dollarga tushdi.

Damas

  • Eskirog‘i — 200 dollarga arzonlab, 7 200 dollardan 7 000 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 200 dollarga arzonlab, 7 800 dollardan 7 600 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 50 dollarga arzonlab, 8 050 dollardan 8 000 dollarga tushdi.

Equinox

  • Eskirog‘i — 200 dollarga qimmatlab, 26 000 dollardan 26 200 dollarga ko‘tarildi.
  • O‘rtachasi — 700 dollarga qimmatlab, 29 800 dollardan 30 500 dollarga ko‘tarildi.
  • Yangirog‘i — 1 166 dollarga arzonlab, 34 666 dollardan 33 500 dollarga tushdi.

Malibu

  • Eskirog‘i — 750 dollarga arzonlab, 31 250 dollardan 30 500 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 1 450 dollarga arzonlab, 29 950 dollardan 28 500 dollarga tushdi.

Tracker

  • Eskirog‘i — o‘zgarishsiz, 16 000 dollarda qoldi.
  • O‘rtachasi — 300 dollarga arzonlab, 17 300 dollardan 17 000 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 175 dollarga arzonlab, 18 600 dollardan 18 425 dollarga tushdi.

Elektromobillar

BYD Song Plus EV Champion

  • O‘rtachasi — 150 dollarga arzonlab, 26 350 dollardan 26 200 dollarga tushdi.
  • Yangisi — 1 100 dollarga qimmatlab, 27 800 dollardan 28 900 dollarga ko‘tarildi.

BYD Han

  • O‘rtachasi — 2 000 dollarga qimmatlab, 32 000 dollardan 34 000 dollarga ko‘tarildi.
  • Yangisi — 1 100 dollarga qimmatlab, 31 900 dollardan 33 000 dollarga ko‘tarildi.

BYD Yuan Up

  • O‘rtachasi — 850 dollarga qimmatlab, 19 300 dollardan 20 150 dollarga ko‘tarildi.
  • Yangisi — 406 dollarga qimmatlab, 20 500 dollardan 20 906 dollarga ko‘tarildi.

Xorijiy avtomobillar

Kia Carnival

  • Eskirog‘i — 3 500 dollarga arzonlab, 36 000 dollardan 32 500 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 1 000 dollarga arzonlab, 46 000 dollardan 45 000 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 2 028 dollarga arzonlab, 47 000 dollardan 44 972 dollarga tushdi.

Kia Sorento

  • Eskirog‘i — 2 100 dollarga arzonlab, 35 250 dollardan 33 150 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 1 700 dollarga arzonlab, 38 000 dollardan 36 300 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 1 250 dollarga qimmatlab, 43 250 dollardan 44 500 dollarga ko‘tarildi.

Kia K5

  • Eskirog‘i — 350 dollarga arzonlab, 25 300 dollardan 24 950 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 150 dollarga arzonlab, 27 150 dollardan 27 000 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 2 777 dollarga arzonlab, 32 000 dollardan 29 223 dollarga tushdi.

Kia Sportage

  • Eskirog‘i — 2 250 dollarga arzonlab, 28 500 dollardan 26 250 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 200 dollarga arzonlab, 30 000 dollardan 29 800 dollarga tushdi.

Hyundai Elantra

  • Eskirog‘i — 1 000 dollarga arzonlab, 21 000 dollardan 20 000 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 301 dollarga arzonlab, 21 201 dollardan 20 900 dollarga tushdi.
  • Yangirog‘i — 116 dollarga qimmatlab, 24 112 dollardan 24 228 dollarga ko‘tarildi.

Kia Seltos

  • Eskirog‘i — 1 000 dollarga arzonlab, 23 000 dollardan 22 000 dollarga tushdi.
  • O‘rtachasi — 409 dollarga arzonlab, 24 850 dollardan 24 441 dollarga tushdi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ushbu tahlilni olx.uz platformasida taklif etilayotgan avtomobillarning narxlariga ko‘ra o'tkazgan.

Avvalroq, 2025-yilning mart oyida O'zbekistonda avtomobil narxlari qanday o'zgargani haqida yozgandik.

#narx#avtomobil#cobalt#gentra#kia#byd

Eng ko'p o'qilgan