Yandeks Go ekotizimida o‘zini-o‘zi band qilganlar qancha daromad olmoqda?

04.07.2025 10:03
2025-yilning birinchi yarim yilligida Yandex Go ekotizimi orqali o‘zini-o‘zi band qilganlar jami 340 mln dollar daromad olishdi. 2024-yil davomida bu ko‘rsatkich 530 mln dollarni tashkil etgandi. Agar ekotizim hozirgi o‘sish sur’atini saqlab qolsa, 2026-yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 1 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Yandeks Go ekotizimida o‘zini-o‘zi band qilganlar qancha daromad olmoqda?

Foto: Yandex Go

2024-yil yakunida Yandex Go orqali o‘zini-o‘zi band qilgan haydovchi, kuryer va hamkor avtoparklarining umumiy daromadi 530 mln dollarni tashkil qildi. 

2025-yilda bu summa sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, chunki yilning birinchi yarmidayoq 340 mln dollarlik daromad qayd etilgan.

Bu haqda Yandex Uzbekistan’ning davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sardor Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu ko‘rsatkich Yandex Go xizmatining umumiy tushumi emas, balki agregator komissiyasi hisobidan tozalangan holda, faqatgina ijrochilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadi hisoblanadi. 

Ushbu daromad asosan Taksi, Dostavka, Yeda va Lavka xizmatlari orqali olingan.

2025-yilning o‘rtasiga kelib, Yandex Go ekotizimida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar soni 230 ming kishiga yetgan.

Ulardan 179 ming nafari haydovchilar va 49 ming nafari kuryerlardir. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq ish vaqtida faoliyat yurituvchi ijrochilar soni ortib bormoqda.

Agar Yandex Go hozirgi o‘sish sur’atini saqlab qolsa, 2026-yil yakunida ijrochilarning umumiy daromadi 1 mlrd dollardan oshishi mumkin. 

Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda ayrim sohalarning butun aylanmasiga teng bo‘ladi.

#yandex go#kuryerlar#taksichilar

Eng ko'p o'qilgan