2024-yilni sof foyda bilan yakunlagan TOP-10 banklar — tahlil

02.02.2025 08:11
2024-yilda sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha TOP-10 banklar umumiy hisobda 9,5 trln so'mdan ko'proq sof foyda oldi. tanga.uz ushbu banklarning so'nggi 5 yillik sof foyda ko'rsatkichlarini tahlil qildi.
2024-yilni sof foyda bilan yakunlagan TOP-10 banklar — tahlil

Foto: investopedia.com

Operativ ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha TOP-10 banklar umumiy hisobda 9,5 trln so'mdan ko'proq sof foyda olishgan.

Sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha TOP-10 banklar quyidagilar:

1. O'zmilliybank



Foto: tanga.uz

O'zmilliybank 2024-yilni 1,7 trln so'mdan ko'proq foyda bilan yakunladi. Bankning sof foyda ko'rsatkichi so'nggi 5 yilda salkam 2 barobarga o'sdi.

2024-yilda bankning aktivlari 135,1 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 18,9 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 108 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 90 foizga, kredit portfeli esa 65 foizga o'sdi. 

Bank 2022-yildan buyon sof foyda olgan banklar ro'yxatida birinchi bo'lib qolmoqda. 2021-yilda esa SQB birinchi bo'lgandi.

Forbes Russia tomonidan bank 2022-yilda O'zbekistonning eng ishonchli banki deb topilgan.

Bundan tashqari, bank 2024-yilda eng ko‘p soliq to‘lagan davlat ulushi mavjud tashkilotlar qatorida 1,4 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘lab, ro‘yxatda 9-o‘rinni egallagan.

2. Hamkorbank 

Foto: tanga.uz

Hamkorbank 2024-yilni 1,4 trln so'mdan ko'proq sof foyda bilan yakunlab, 2023-yilga nisbatan 18,9% o'sish qayd etdi. 

Bank sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha 2023-yilda O'zbekiston banklari orasida 3-o'rinni egallagandi. 2024-yilgi natijalar bo'yicha esa 2-o'ringacha ko'tarilgan. Xususiy banklar orasida esa eng ko'p sof foyda olgan bank bo'ldi.

2024-yilda bankning aktivlari 28,7 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 5,2 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 19,1 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 321 foizga, kredit portfeli esa 165 foizga o'sdi.

Bundan tashqari, bank 2024-yilda xususiy sektorda TOP-10 soliq to'lovchilar ro'yxatidan joy oldi. Bank yil davomida 539,9 mlrd so'm soliq to'lab, sakkizinchi o'rinni band qilgan.

3. O'zsanoatqurilishbank 

Foto: tanga.uz

O'zsanoatqurilishbank 2024-yilni 1,3 trln so'mdan ko'proq sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 43 foizga ko'proqdir. Sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha 3-o'rinni band qildi.

2024-yilda bankning aktivlari 87,6 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 10 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 65,5 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 63 foizga, kredit portfeli esa 65 foizga o'sdi.

Ma'lumot uchun, SQB 2021-yilda deyarli 1 trln so'm sof foyda bilan O'zbekiston banklari orasida birinchi bo'lgandi. 

4. Kapitalbank 

Foto: tanga.uz

Kapitalbank 2024-yilni 1,15 trln so'mdan ko'proq sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 29 foizga kamroqdir. 

Sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha esa banklar orasida 4-o'rinni band qildi. Bank 2023-yilda eng ko'p sof foyda olgan xususiy bank bo'lgandi.

2024-yilda bankning aktivlari 47,4 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 5,2 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 31,6 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 752 foizga, kredit portfeli esa 610 foizga o'sdi. 

Bundan tashqari, bank 2024-yilda xususiy sektorda TOP-10 soliq to'lovchilar ro'yxatidan joy oldi. Bank yil davomida 610,3 mlrd so'm soliq to'lab, oltinchi o'rinni band qilgan.

5. Ipak Yo'li banki 

Foto: tanga.uz

Ipak Yo'li banki 2024-yilni 910,5 mlrd so'm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatab 23 foizga ko'proqdir.

2024-yilda bankning aktivlari 23,1 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 3,6 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 14,2 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 262 foizga, kredit portfeli esa 188 foizga o'sdi.

Bank 2023-yilda sof foyda ko'rsatkichlari bo'yicha 8-o'rinni band qilgandi. 

6. Orient Finans bank

Foto: tanga.uz

Orient Finans bank 2024-yilni 901,1 mlrd so'm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 48,2 foizga ko'proqdir.

2024-yilda bankning aktivlari 16,9 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 3 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 12,5 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 268 foizga, kredit portfeli esa 267 foizga o'sdi.

Bank 2023-yilda sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha 9-o'rinni band qilgandi.

7. Trastbank

Foto: tanga.uz

Trastbank 2024-yilni 807,4 mlrd so'm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 0,9 foizga ko'proqdir.

2024-yilda bankning aktivlari 10,9 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 2,9 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 5,7 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 157 foizga kredit portfeli esa 155 foizga o'sdi.

Bank 2023-yilda sof foyda olgan banklar ro'yxatida 6-o'rinni band qilgandi.

8. KDB Bank Uzbekistan

Foto: tanga.uz

KDB Bank O'zbekistan 2024-yilni 526,9 mlrd so'm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 22,4 foizga ko'proqdir. Bank 2023-yilda sof foyda olgan banklar ichida 11-o'rinni band qilgandi.

2024-yilda bankning aktivlari 10,1 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 1,8 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 3,3 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 667 foizga, kredit portfeli esa 240 foizga o'sdi.

9. Asia Alliance Bank

Foto: tanga.uz

Asia Alliance Bank 2024-yilni 400,6 mlrd so'm sof foyda bilan yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 25,8 foizga ko'proqdir. Bank 2023-yilda sof foyda ko'rsatkichi bo'yicha 13-o'rinni band qilgandi.

2024-yilda bankning aktivlari 7,5 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 1,2 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 3,8 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 751 foizga, kredit portfeli esa 109 foizga o'sdi.

Ma'lumot uchun, bankning asosiy aksiyadori Mustafo Abdraxmonov hisoblanadi. Bundan tashqari, Mustafo Abdraxmonov "New Industrial Technologies" MChJning 100 foizlik ulushiga ham egalik qiladi. Paynet hamda Humo to'lov tizimi ham "New Industrial Technologies" MChJning tarkibiga kiradi.

10. Davr bank

Foto: tanga.uz

Davr-bank 2024-yilni 389,9 mlrd so'm sof foyda yakunladi. Bu 2023-yilga nisbatan 5 foizga ko'proqdir. Bank 2023-yilda sof foyda ko'rsatkichlari bo'yicha 12-o'rinni band qilgandi.

2024-yilda bankning aktivlari 9,4 trln so'm, jami kapitali esa qariyb 1,4 trln so'mga yetgan. Bankning kredit portfeli 7 trln so'mdan ko'proqni tashkil qildi.

Bankning sof foydasi so'nggi 5 yilda 280 foizga, kredit portfeli esa 441 foizga o'sdi.

Ma'lumot uchun, 2024-yilni 27 ta bank sof foyda bilan yakunlagan.

Ular quyidagilar:

  1. O'zmilliybank — 1 722,2 mlrd so'm;
  2. Hamkorbank — 1 426,6 mlrd so'm;
  3. O'zsanoatqurilishbank — 1 303,2 mlrd so'm;
  4. Kapitalbank — 1 155,9 mlrd so'm;
  5. Ipak Yo'li banki — 910,5 mlrd so'm;
  6. Orient finans bank — 901,1 mlrd so'm;
  7. Trastbank — 807,4 mlrd so'm;
  8. KDB Bank Uzbekistan — 526,9 mlrd so'm;
  9. Asia Alliance Bank — 400,6 mlrd so'm;
  10. Davr-bank — 389,9 mlrd so'm;
  11. TBC Bank — 341,1 mlrd so'm;
  12. Xalq banki — 268,5 mlrd so'm;
  13. Infinbank — 241,7 mlrd so'm;
  14. ANORBANK — 190,3 mlrd so'm;
  15. Aloqabank — 190,0 mlrd so'm;
  16. Universal bank — 156,1 mlrd so'm;
  17. Octobank — 150,7 mlrd so'm;
  18. Uzum Bank — 86,9 mlrd so'm;
  19. Ziraat Bank Uzbekiston — 79,5 mlrd so'm;
  20. Agrobank — 69,0 mlrd so'm;
  21. Asakabank — 41,6 mlrd so'm;
  22. Tenge Bank — 36,2 mlrd so'm;
  23. Eron Soderot bank — 25,0 mlrd so'm;
  24. Turonbank — 23,2 mlrd so'm;
  25. Poytaxt bank — 15,0 mlrd so'm;
  26. Madad Invest bank — 7,0 mlrd so'm;
  27. Smart Bank — 2,1 mlrd so'm.

Ushbu banklar 2024-yilni sof foyda bilan yakunlagan banklar hisoblanadi. Ular umumiy hisobda qariyb 11,5 trln so'm sof foyda olgan.

#sof_foyda#bank#top-10

Eng ko'p o'qilgan