Ustyurt zaxirasi O‘zbekistonning 25 yillik neft va gaz ehtiyojini qondirishi aytilmoqda

28.07.2025 15:30
O'zbekchaРусский
Ozarbayjonning SOCAR neft kompaniyasi Qoraqalpog‘istonning Ustyurt mintaqasidagi neft va gaz zaxiralarini qidirib topish hamda qazib olish uchun 2 mlrd dollar sarmoya kiritmoqda. U yerdagi neft zaxiralari 100 mln tonna deb taxmin qilinmoqda.
Ustyurt zaxirasi O‘zbekistonning 25 yillik neft va gaz ehtiyojini qondirishi aytilmoqda

Ozarbayjonning SOCAR neft kompaniyasi Ustyurt mintaqasida neft va gaz zaxiralarini izlab topish hamda qazib chiqarish uchun 2 mlrd dollar miqdorida sarmoya kiritmoqda

2025-yil 25-iyul kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi bilan SOCAR kompaniyasi o‘rtasida kelishuv bitimi imzolangan. Uch kundan so‘ng esa, mahsulot taqsimoti bo‘yicha shartnoma tuzilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shartnoma Ustyurt mintaqasida 6 ta blokida neft va gaz konlarini qidirib topish hamda ularni qazib olishni o‘z ichiga oladi. 

Ma'lumot uchun, ushbu mintaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan. 

U yerdagi neft zaxiralari 100 mln tonnaga, gaz zaxiralari esa 35 mlrd kub metrgacha yetishi taxmin qilinmoqda. 

Shuningdek, bu zaxira O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini 25 yil davomida qondirishi mumkinligi aytilmoqda. 

SOCAR kompaniyasi prezidenti Rovshan Najaf, ushbu loyiha ekologik talablarga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

#Ustyurt#SOCAR#neft#gaz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar