2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,8 mlrd so'mga yoki 42 foizga ko‘proqdir.

Manba: Soliq qo'mitasi
Mazkur kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 43 foizga o‘sib, 656,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bunda Meta, Apple hamda Google xizmatlar hajmi jami xizmatlarning 81 foizini qamrab oldi.
Apple kompaniyasining xizmatlar hajmi so‘nggi bir yil ichida 2 barobarga ko‘payib, 184 mlrd so‘mga yetdi.
So‘nggi bir yil ichida TOP-10 soliq to‘lovchi xorijiy elektron kompaniyalar orasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Xususan, o‘tgan yili bu ro‘yxatda bo‘lmagan Open AI kompaniyasi joriy ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnini egalladi.
Uning yarim yil ichida O‘zbekistondagi daromadi 24 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, TikTok O‘zbekistonda bloklangan bo‘lishiga qaramay, 1,8 mlrd so‘m soliq to‘lagan holda 15,3 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatdi.
O‘tgan yili beshinchi o‘rinda qayd etilgan Amazon kompaniyasi esa joriy o‘ntalikka kirmadi.
Ma’lumot uchun, 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soni 72 tani tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon 5 ta kompaniya hisobdan chiqarilgan bo‘lsa, 14 ta yangi kompaniya hisobga qo‘yildi.
