Uzum raqamli ekotizimi 1,5 mlrd dollarga baholandi

05.08.2025 09:16
O‘zbekistonning Uzum ekotizimi 70 mln dollar sarmoya jalb qildi. Buning natijasida kompaniya qiymati 30 foizga oshib, 1,5 mlrd dollarga yetdi. Sarmoyalar VR Capital, FinSight Ventures venchur fondi hamda Xitoyning Tencent kompaniyalari tomonidan kiritildi.
Uzum raqamli ekotizimi 1,5 mlrd dollarga baholandi

O‘zbekistonning Uzum raqamli ekotizimi 70 mln dollar miqdorida sarmoya jalb etdi.

Buning natijasida kompaniyaning qiymati 30 foizga ko‘tarilib, 1,5 mlrd dollarga yetdi. 

Sarmoyalar VR Capital xalqaro jamg‘armasi, FinSight Ventures venchur fondi hamda Xitoyning Tencent kompaniyalari tomonidan kiritildi. 

FinSight Ventures venchur fondi ilgari ham Uzum ekotizimini moliyalashtirishda ishtirok etgan edi. 

Xitoyning IT-giganti Tencent esa Markaziy Osiyoda faoliyat yurituvchi kompaniyaga kiritgan ilk sarmoyasi hisoblanadi.

Mazkur kompaniya Epic Games, Spotify, Tesla, Nubank, Meituan, Reddit va boshqa ko‘plab global brendlarga sarmoya kiritgan. 

Uzum ushbu sarmoya orqali o‘zining fintex xizmatlarini, xususan, Uzum Bank hamda Uzum Nasiya xizmatlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. 

Ma’lumot uchun, ekotizimning foydalanuvchilari soni 17 mln nafardan ko'proqni tashkil etadi.

#uzum #unicorn

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar