Xalq Banki’ning Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bank xizmatlari markazida 9,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu holatni Namangan viloyati mintaqaviy markazining yollanma xodimi bank dasturiy ta’minotiga noqonuniy kirib amalga oshirgani gumon qilinmoqda.
Bank matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu ishga aloqador shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, POS-terminal orqali Tenge Bank’iga tegishli 90 ming dollar miqdoridagi mablag‘ o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lgandi.
