AloqaVentures auto.uz startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi

13.08.2025 12:53
AloqaVentures auto.uz startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap avtomobil bozorini raqamlashtirishga ixtisoslashgan. Startap yaqin kunlarda avtomobil ijarasi bo‘yicha onlayn agregator xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
AloqaVentures auto.uz startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi

Foto: auto.uz

AloqaVentures auto.uz startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap avtomobil bozorini raqamlashtirishga ixtisoslashgan. 

Uning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

  • Avtomobil sotish va xarid qilish — yangi va ishlatilgan avtomobillarni e’lon qilish va topish;
  • Filtr va qidiruv tizimi — marka, model, yil, narx, bosib o‘tgan masofasi, dvigatel hajmi va boshqa mezonlar bo‘yicha qidiruv;
  • Avtomobil tarixini tekshirish — avariya tarixi, texnik ko‘rik natijalari va egalar soni haqida ma’lumot olish;
  • Onlayn muloqot va savdolashish — sotuvchi va xaridor o‘rtasida bevosita chat yoki qo‘ng‘iroq;
  • To‘lov va kredit xizmatlari — hamkor banklar orqali kredit yoki lizing asosida xarid;
  • Sug‘urta — platformadan chiqmasdan avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish;
  • Yordamchi xizmatlar — avtoservis, diagnostika, yetkazib berish va hujjat tayyorlash.

Ekotizim jismoniy shaxslardan tashqari yuridik shaxslarga ham xizmat ko‘rsatadi. 

Bunda distribyutorlar, dilerlik markazlari va salonlar uchun maxsus ERP va CRM tizimlari ishlab chiqilgan. 

Bu tizimlar orqali salonlardagi mavjud avtomobillar mijozlar ilovasida real vaqt rejimida aks ettiriladi. 

Bundan tashqari, startap yaqin kunlarda avtomobil ijarasi bo‘yicha onlayn agregator xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, AloqaVentures Verifix startapiga 250 ming dollar sarmoya kitirgandi.

#aloqaventures#auto.uz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar