Mobil raqam auksionda 850 mln so‘mga sotildi

15.08.2025 09:37
Auksionda Beeline aloqa operatoriga tegishli 91 000 00 00 raqami 850 mln so‘mga sotildi. Mazkur raqamning boshlang‘ich narxi 500 mln so‘m bo‘lgan. Vositachilik yig‘imi esa 27 mln so‘m etib belgilangan.
Mobil raqam auksionda 850 mln so‘mga sotildi

Foto: O‘zRTSB

Mobil raqam onlayn auksionida Beeline aloqa operatoriga tegishli 91 000 00 00 raqami 850 mln so‘mga sotildi

Ushbu raqamning boshlang‘ich narxi 500 mln so‘m bo'lgan. Auksion bir hafta davom etib, yakunda boshlang‘ich narxdan 350 mln so‘m yuqori qiymatga erishdi. 

Raqamni sotishda vositachilik yig‘imi 27 mln so‘m, zakalat miqdori esa 50 mln so‘m etib belgilangan. 

Avvalroq, auksionda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ko‘proqqa sotilgani haqida xabar bergandik.

#auksion#raqam

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar