UzBAT 2024-yilda qariyb 115 mln dollar sof foyda oldi

26.08.2025 07:49
UzBAT kompaniyasi 2024-yilda 1,41 trln so‘m sof foyda oldi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 399 mlrd so‘mga yoki 40 foizga ko‘proqdir. Yil davomida kompaniya tushumi 20 foizga o‘sgan bo‘lsa, aktivlari 28 foizga kamayib 2,03 trln so‘mga teng bo‘lgan.
UzBAT 2024-yilda qariyb 115 mln dollar sof foyda oldi

Foto: UzBAT

"UzBAT A.O." AJning 2024-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlari mustaqil auditor xulosasida e’lon qilindi

Mustaqil auditor sifatida Kreston Tashkent kompaniyasi tanlangan.

Infografika: tanga.uz

Unga ko‘ra, 2024-yilda UzBAT kompaniyaning sof foydasi 1 trln 408 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 399 mlrd so‘mga yoki 39,6 foizga oshgan. 

Biroq kompaniyaning umumiy aktivlari 2,83 trln so‘mdan 2,03 trln so‘mgacha qisqargan. Pasayish 804 mlrd so‘mga yoki 28 foizga teng bo‘lgan. 

Jami kapital ham 1,83 trln so‘mdan 1,5 trln so‘mgacha kamaygan. 

Yil davomida kompaniyaning tushumi 3,52 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu 2023-yildagi tushumga nisbatan 591 mlrd so‘mga yoki 20 foizga ko‘proqdir. 

Yalpi foyda esa 2,22 trln so‘mga yetib, 2023-yilga nisbatan 393 mlrd so‘mga oshgan. 

Kompaniyaning sof foydasining bilan birga xarajatlari ham ko‘paygan. 

Xususan, ma’muriy xarajatlar 2023-yilga nisbatan 28 mlrd so‘mga oshib, 138 mlrd so‘mga yetgan. 

Realizatsiya xarajatlari esa 412 mlrd so‘m atrofida bo‘lgan. 

Boshqa operatsion xarajatlar 2023-yilga nisbatan biroz kamayib, 134 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. 

Kompaniya Kuzatuv kengashi 2024-yil yakunlari bo‘yicha har bir aksiya uchun 37,7 ming so‘mdan, jami 929,2 mlrd so‘mdan ortiq dividend to‘lash to‘g‘risida qaror chiqargan

Shuningdek, yuqorida tilga olingan mustaqil auditorga 348 mln so‘m xizmat haqi to‘lanishi belgilangan. 

Avvalroq, UzBAT kompaniyasining 2023-yilning dastlabki 9 oyida 1,07 trln so‘m sof foyda olgani ma’lum bo‘lgandi.

#UzBAT#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar