O'zbekistonda oltin narxlari rekord qayd etishda davom etmoqda

06.02.2025 10:32
6-fevral kuni 1 gramm oltinning narxi 1 mln 236 ming so'mga yetdi. Bu O'zbekistonda oltin narxi bo'yicha rekord hisoblanadi. Uch kun davomida 5 grammlik oltin quyma narxi 191 ming so'mga qimmatladi. Yil boshidan buyon oltin narxi 9,16 foizga ko'tarildi.
O'zbekistonda oltin narxlari rekord qayd etishda davom etmoqda

Bugun (6-fevral) 5 grammlik oltin quyma narxi 6 mln 180 ming so'mni tashkil qildi. Bundan kelib chiqadiki, 1 gr oltin narxi 1 mln 236 ming so'mga teng bo'ldi. Bu oltin narxi bo'yicha rekord hisoblanadi.

Avvalroq, 3-fevral kuni 5 grammlik oltin quyma narxi 5 mln 989 ming so'mga teng bo'lgani haqida yozgandik. Uch kun davomida 5 grammlik quyma narxi 191 ming so'mga ko'tarildi. Yil boshidan buyon esa oltin narxlari 9,16 foizga ko'tarildi.

6-fevral uchun oltin quyma narxlari. Manba: Markaziy bank

Bundan tashqari, dunyo bo'yicha ham oltin narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Trade Economics platformasi ma'lumotlariga ko'ra, 6-fevral kuni 1 troya unsiya oltin narxi 2 860 dollargacha ko'tarilgan.

O'zbekistonda oltin quymalar oldi-sotdisi bilan shug'ullanuvchi shoxobchalar ro'yxati ushbu havolada mavjud.

#oltin narxlari#rekord#gold

Eng ko'p o'qilgan